Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Karimov Jamshid Abduxamidovich bilan unvertsitet bitiruvchi talabalari oʻrtasida uchrashuv bolib oʻtdi.
Uchrashuv davomida korxonaning asosiy faoliyati bilan tanishtirildi va kelajakdagi rejalari bo’yicha ma’lumot berish bilan bir qatorda yangi kadrlarga qo’yilayotgan talablar, universitetimiz talabalarini amaliyotga jalb qilish va ishga qabul qilish masalalari bo’yicha ma’lumotlar berib o’tildi. Uchrashuv yakunida universitetning iqtidorli talabalariga estalik sovg’alari topshirildi.
Toshkent Davlat Transport Universiteti va Transport nazorati inspeksiyasi o’rtasida o’zaro hamkorlik «memorandum» imzolandi.