Yaponiyaning Takarazuka universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 29-yanvar kuni Toshkent davlat transport universitetida Yaponiyaning Takarazuka universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Takarazuka universiteti Xalqaro markazi direktori Junichi Nakamura, ushbu Markazning Yaponiya va O‘zbekistondagi mutaxassislari, shuningdek SNS – axborot almashish xizmati mas’ul xodimi, yangi tashkil etilgan universitetning texnik direktori hamda universitetimiz Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Meryem Karlik, Xalqaro hamkorlik markazi direktori Jake Yun Oh, Marketing bo‘limi boshlig‘i Maqsud Haydarov va katta o‘qituvchi Davron Risqaliyev ishtirok etdi. Uchrashuv ikki universitetning ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorligini muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Muzokaralar davomida Takarazuka universitetida transport sohasi bilan bog‘liq dasturlar bo‘yicha 3-4-kurs talabalariga qisqa muddatli IT va yapon tili kurslarini tashkil etish; talabalarning Yaponiya kompaniyalarida amaliyot o‘tashlari uchun imkoniyat yaratish va ishga yuborish; Toshkent davlat transport universitetida Takarazuka universiteti bilan hamkorlik markazini ochish masalalari muhokama qilindi.
Takarazuka universiteti rahbariyati uchrashuv davomida belgilangan vazifalarga aniqlik kiritish va hamkorlik ko‘lamini kengaytirish maqsadida zaruriy shartnomalarni tuzish uchun fevral oyida universitetimizga tashrif buyurish niyatida ekanligini bildirdi.