TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI BITIRUVCHILARI
Tadbirlar
O’tkaziladigan tadbirlar yordamida loyihalar uchun bitiruvchilar jalb etiladi
Bitiruvchilarning qoniqishi
TDTU bitiruvchilarining 80,6 foizi o’qishdan qoniqish hosil qiladi.
Loyihalar
TDTU bitiruvchilari bilan doimiy loyihalar amalga oshiriladi
Toshkent davlat transport universiteti bitiruvchilari universitetimiz faxri hisoblanadi. Siz transport sohasida chuqur bilimga egasiz va ishonchim komilki, yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘sha olasiz.
Sizlarni universitetimizning shonli an’analarining munosib davomchilari bo‘lishga chaqiraman. Halol, mas’uliyatli va mehnatsevar bo’ling. Yangi bilimlarga va ko’nikmalarga intiling.
Qo’shimcha ravishda, men sizga zamonaviy bilimlarga ochiq bo’lishingizni, o’zgarishlarga tayyor bo’lishingizni, jasur va qat’iyatli bo’lishingizni tilayman. Atrofimizdagi dunyo o’zgarmoqda va biz bu o’zgarishlarga tayyor bo’lishimiz kerak. Biz yangi vazifalarni bajarishga va yangi yechimlarni topishga tayyor bo’lishimiz kerak.
Ishonchim komilki, siz oldingizga kelgan barcha qiyinchiliklarga dosh bera olasiz. Buning uchun sizda barcha zarur fazilatlar mavjud.
Abduraxmanov Odil Kalandarovich
Yangiliklar va Tadbirlar
Universitet xotiralari: Fotosur’atlar va videolar chellenjini e’lon qilamiz.
📣Diqqat: TDTU hozirgi va sobiq bitiruvchilarga 🎓Universitet xotiralari: Fotosur’atlar va videolar chellenjini e’lon qilamiz. 🧑🏫Talabalar hayoti: Ishtirokchilardan butun guruh yoki ko’p vaqt o’tkazgan kichik guruhlar bilan tushgan sur’atlarini joylashni so’raymiz. 🎁G’oliblar 27-may kunlari…
“Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi boshligʻi F.S.Giyazov universitetimizga tashrif buyurdi.
2003-yil «Tashishni tashkil etish» yo’nalishini tamomlagan “Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi boshligʻi Giyazov Farxad Saidkulovich universitetimizga tashrif buyurdi. Bitiruvchimiz universitetni aylanib, o‘quv yillarini, ustozlarini xotirladi hamda o‘sha davrdan buyon juda katta…
Universitetimizni 20 yil muqaddam tamomlagan faxriy bitiruvchimiz tashrif buyurdi.
2003/2004-yillarda Transport inshootlaridan foydalanish yo’nalishini tamomlagan “Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi boshligʻi M.X.Mirzayev universitetimizga tashrif buyurdi. Bitiruvchimiz universitetni aylanib, o‘quv yillarini, ustozlarini xotirladi hamda o‘sha davrdan buyon juda katta ijobiy o‘zgarishlar…
Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Karimov Jamshid Abduxamidovich bilan unvertsitet bitiruvchi talabalari oʻrtasida uchrashuv bolib oʻtdi.
Uchrashuv davomida korxonaning asosiy faoliyati bilan tanishtirildi va kelajakdagi rejalari bo’yicha ma’lumot berish bilan bir qatorda yangi kadrlarga qo’yilayotgan talablar, universitetimiz talabalarini amaliyotga jalb qilish va ishga qabul qilish masalalari bo’yicha ma’lumotlar berib…
Karyera yoʻliga birinchi qadam.
2023-2024 bitiruvchi kurs guruh sardorlari bilan “Karyera yo’liga birinchi qadam”, «Talabalarni taqsimotga tayyorlash» va «ishga topshirishda kelib chiqadigan muammolarni muhokama qilish» mavzusi doirasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Universitetimiz talabalari «Uzautomotors power train» zavodiga tashrif buyurdi.
“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili doirasida Toshkent davlat transport universiteti talabalarini respublikada transport sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash hamda transport sohasiga ishga jalb qilish…
Media
Tadbir va ko’rgazmalardan rasm va videolar
FAXRIY BITIRUVCHILAR
Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich
Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari.
1984-yildan 1988-yilgacha Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida tahsil olgan.
Ilhom Mahkamov Rustamovich
Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri.
Toshkent avtomobil institutining iqtisod , texnologiya va marketing yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr va magistr darajasiga ega.
Narzullayev Zufar Gʻiyasovich
«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ boshqaruv raisi.
2009 yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tugatgan.
Usmonov Rahmonbek Jahongirovich
«Toshkent Metropoliteni» DUK rahbari.
1977-1982 yy. — Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti talabasi
Hurmatli bitiruvchilar savol va takliflar uchun
Biz bilan bogʻlaning.
© 2020-2024 Toshkent davlat transport universiteti.