Universitetimizni 20 yil muqaddam tamomlagan faxriy bitiruvchimiz tashrif buyurdi.


2003/2004-yillarda Transport inshootlaridan foydalanish yo’nalishini tamomlagan “Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi boshligʻi M.X.Mirzayev universitetimizga tashrif buyurdi. Bitiruvchimiz universitetni aylanib, o‘quv yillarini, ustozlarini xotirladi hamda o‘sha davrdan buyon juda katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, M.X.Mirzayev ishtirokida universitetda tahsil olayotgan Qashqadaryolik talaba yoshlar bilan “Rahbar va talaba yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Bitiruvchimiz Toshkent davlat transport universitetida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar va hamkorlik dasturlari bilan yaqindan tanishtirildi va bitiruvchi talabalarga o’z tajribalari bilan bo’lishdi.