“Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi boshligʻi F.S.Giyazov universitetimizga tashrif buyurdi.

2003-yil «Tashishni tashkil etish» yo’nalishini tamomlagan “Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi boshligʻi Giyazov Farxad Saidkulovich universitetimizga tashrif buyurdi. Bitiruvchimiz universitetni aylanib, o‘quv yillarini, ustozlarini xotirladi hamda o‘sha davrdan buyon juda katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, M.X.Mirzayev ishtirokida universitetda tahsil olayotgan Qashqadaryolik talaba yoshlar bilan “Rahbar va talaba yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Bitiruvchimiz Toshkent davlat transport universitetida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar va hamkorlik dasturlari bilan yaqindan tanishtirildi va bitiruvchi talabalarga o’z tajribalari bilan bo’lishdi.